Poytaxtda 8 ta avtomobil toʻqnashdi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida 8 ta avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganligi haqida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, kecha, 28-mart kuni soat 11:10 larda Chilonzor tumani Eshonguzar MFY, Chinni bozor qarshisida 8 ta avtomashina, jumladan, 2 ta “Spark”, 3 ta “Cobalt”, 1 ta BYD, 1 ta “Matiz” va 1 ta “Lacetti” rusumli avtomashinalarning toʻqnashuvi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Cobalt” avtomashinasining 1 nafar yoʻlovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring