Janubiy Koreya va Qirgʻiz Respublikasidan yirik magʻlubiyat, Yaponiyadan gʻalaba
Kecha, 28-mart kuni Osiyo mintaqasining bir qator terma jamoalari xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushishdi. Jumladan, Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasi Bishkek shahrida Madagaskar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Uchrashuv 2:5 hisobida Afrika vakilining gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gʻoliblardan gollarga Veran Kaddi (2 ta), Klement Kutyurye, Tomas Fonten va Arno Randrianantenaina mualliflik qildi. Qirgʻiz Respublikasi terma jamoasining javob gollari esa Beknaz Almazbekov va Bektur Kochmonbayev hisobiga yozildi.
Angliyaning Milton-Keyns shahrida oʻtgan oʻyinda esa Janubiy Koreya terma jamoasi Afrika vakili Kot-dʼIvuar termasidan yirik magʻlubiyat qabul qilib oldi. Bahs koreyslarning 0:4 hisobidagi magʻlubiyati bilan tugadi.
Gʻoliblardan gollarga Vilfrid Singa, Marsyal Godo, Simon Adingra va Evann Gessan mualliflik qildi.
Osiyoning birinchi raqamli jamoasi Yaponiya esa kecha Glazgo shahrida Shotlandiya termasi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 1:0 hisobida “samuraylar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga “Genk” futbolchisi Junʼya Ito mualliflik qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring