Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan amalga oshirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mualliflik tashabbusi asosida yaratilgan “Maʼrifat aks-sadosi” hujjatli filmlar seriyasi jahon kino sanoatining nufuzli mukofotlaridan biri — New York Festivals TV & Film Awards 2026 tanlovining final bosqichiga yoʻl oldi. Loyihada jahon miqyosida tan olingan, “Oskar” mukofoti sohibi aktyor Ben Kingsli ishtirok etgan.
Mazkur yutuq loyihaning xalqaro ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholanganini anglatadi. Final bosqichida hujjatli film bronza, kumush yoki oltin toifalari boʻyicha mukofotlardan biriga daʼvogarlik qiladi. Tanlov gʻoliblari 2026-yil 21-may kuni boʻlib oʻtadigan Storytellers Gala taqdirlash marosimi doirasida eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
Hujjatli film islom olamining boy intellektual va maʼnaviy merosini Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar — Xorazmiy, Fargʻoniy, Ibn Sino va boshqa allomalarning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi orqali keng yoritib beradi. Shuningdek, loyihada Temuriylar va Boburiylar davri, hamda mintaqaning boshqa tarixiy sivilizatsiyalari merosi chuqur tahlil qilinib, ularning ilm-fan, tibbiyot va falsafa rivojiga koʻrsatgan taʼsiri ilmiy-ommabop yondashuvda taqdim etilgan.
Avvalroq mazkur loyiha materiallari xalqaro auditoriyaga taqdim etilgan boʻlib, CNN, BBC va Euronews kabi yetakchi jahon telekanallarida efirga uzatilgani uning global axborot maydonidagi nufuzini yanada oshirdi.
New York Festivals TV & Film Awards xalqaro mukofoti televideniye va kino sohasida yuqori nufuzga ega boʻlib, qatʼiy saralash tizimi, ishtirokchilarning keng geografiyasi hamda raqobatning yuqori darajasi bilan ajralib turadi. Ushbu mukofot doirasida ilgari BBC, National Geographic va Netflix kabi yetakchi media kompaniyalar tomonidan yaratilgan loyihalar eng yuqori baholarga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda xalqaro ilmiy-madaniy maydonda faol pozitsiyani egallab, akademik tadqiqotlar, zamonaviy texnologiyalar va global media kommunikatsiyalar uygʻunligiga asoslangan loyihalarni izchil amalga oshirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring