AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
AQSH Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 5 foizigacha oshirmagan NATOga aʼzo mamlakatlarni himoya qilish majburiyatidan voz kechish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.
Amerika yetakchisi moliyaviy majburiyatlarni bajarmayotgan davlatlarni alyans doirasidagi qarorlar qabul qilish jarayonlaridan chetlashtirishi mumkin.
Xususan, Vashington bunday mamlakatlarni Shimoliy Atlantika shartnomasining jamoaviy mudofaa toʻgʻrisidagi 5-moddasini ishga tushirish huquqidan mahrum qilishi, ularning alyansni kengaytirish masalalaridagi ishtirokini muzlatib qoʻyishi va qoʻshma harbiy mashgʻulotlarga yoʻlatmasligi mumkin. Yana bir variant sifatida Amerika qoʻshinlarini Germaniyadan olib chiqib ketish koʻrsatilmoqda.
Taʼkidlanishicha, Donald Tramp ushbu choralarni NATO boʻyicha ittifoqchilari Hurmuz boʻgʻozida kemalar qatnovini tiklash uchun oʻz harbiy kemalarini yuborishdan bosh tortganidan soʻng oʻrgana boshlagan.
The Daily Telegraph nashrining yozishicha, hozircha bu takliflar alyansning Bryusseldagi qarorgohida rasman taqdim etilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring