Oʻzbekiston 166-davlat bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi
Oʻzbekiston Lesoto bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Juma kuni (27-mart) Nyu-York shahrida qoʻshma kommyunike imzolandi. Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulugʻbek Lapasov va Lesotoning BMTdagi missiyasi rahbari Matete Nena imzoladilar.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida yaqin hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar.
Shuningdek, oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻnalishlarini, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda qidirish boʻyicha ikki tomonlama aloqalarni saqlab qolish yuzasidan kelishuvga erishildi.
— Lesoto Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 166-mamlakat boʻldi, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Afrika qitʼasi davlatlari bilan har tomonlama hamkorligini kengaytirish yoʻlidagi navbatdagi qadam boʻldi.
Maʼlumot uchun: Lesoto — Janubiy Afrika Respublikasi hududi bilan toʻliq oʻralgan togʻli qirollikdir. Mamlakat hududi zich daryolar tarmogʻi va togʻ tizmalari bilan qoplangan boʻlib, ularning eng baland nuqtasi — Tabana-Ntlenyana (3 482 m) choʻqqisidir. Lesoto poytaxti Maseru yaqinidagi Taba-Bosiu platosida qirol Moshveshve I hukmronligi davrida (XIX asr) qurilgan inshootlar saqlanib qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring