Saudiya va Erondan magʻlubiyat, Iordaniyadan durang

11:56 28 Mart 2026 Sport
325 0

Kecha, 27-mart kuni Osiyoning bir qator terma jamoalari xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushishdi.

Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtgan bahsda Eron terma jamoasi Nigeriya bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 2:1 hisobida Afrika vakilining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblardan Akor Adams va Mozes Saymon mualliflik qildi. Eron termasining yagona goli esa Mehdi Taremi hisobiga yozildi.

Jidda shahrida joylashgan muhtasham “Alinma“ stadionida oʻtgan bahsda esa Saudiya Arabistoni terma jamoasi Misr bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Osiyo vakilining yirik magʻlubiyati bilan yakunlandi.

Bahsda Misr termasi 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. Gollarga Omar Marmush, Zizo, Mahmud Trezege va Islom Issa mualliflik qildi.

Oʻz tarixida birinchi marta Jahon chempionatiga yoʻl olgan Iordaniya terma jamoasi esa Turkiyaning Mardin shahrida Kosta-Rika bilan oʻyin oʻtkazdi.

Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Iordaniya terma jamoasining gollariga Ibrohim Sabra va Baha Faysal mualliflik qildi. Kosta-Rikaning javob gollari esa Varren Madrigal va Josimar Alkoser hisobiga yozildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?