Argentina va Ispaniyadan gʻalaba, Angliyadan durang
Kecha, 27-mart kuni FIFA kunlari doirasida jahonning bir qator yetakchi terma jamoalari oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etdi.
Jahon chempionatining amaldagi gʻolibi Argentina terma jamoasi oʻz maydonida Mavritaniya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Buenos-Ayres shahrida joylashgan “Alberto Xose Armando“ stadionida boʻlib oʻtgan bahsda argentinaliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 17-daqiqada “Chelsi“ futbolchisi Enso Fernandes tomonidan ochildi. 32-daqiqada “Komo“ jamoasi futbolchisi Niko Pas hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimda statistik jihatdan ustunlik Mavritaniya terma jamoasiga oʻtib ketdi. 90+4-daqiqada Jordan Lefort hisobni qisqartirdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
Argentina terma jamoasi lideri Lionel Messi ikkinchi taymda Niko Pas oʻrniga zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 7 ballga baholandi.
2026-yilgi mundialning asosiy favoritlaridan biri sifatida baholanayotgan Ispaniya terma jamoasi Vilyarreal shahrida joylashgan “Estadio de la Seramika“ stadionida Serbiya bilan kuch sinashdi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 16-daqiqada “Real Sosyedad“ aʼzosi Mikel Oyarsabal tomonidan ochildi. 43-daqiqada Oyarsabalning oʻzi hisobni 2:0 qildi.
Ikkinchi boʻlimning 72-daqiqasida “Osasuna“ jamoasining 22 yoshli futbolchisi Viktor Munyos uchinchi golni kiritdi. Shu tariqa oʻyin ispanlarning yirik gʻalabasi bilan yakunlandi.
Germaniya terma jamoasi esa Bazel shahrida joylashgan “Sent-Yakob Park“ stadionida mezbon Shveysariya bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 4:3 hisobida nemislarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Florian Virs (2 ta), Serj Gnabri va Yonatan Ta mualliflik qildi. Shveysariyaning javob gollari esa Joel Monteiro, Breel Embolo va Dan Ndoye hisobiga yozildi.
Niderlandiya terma jamoasi Amsterdamda joylashgan “Yoxan Kroyf“ stadionida Norvegiyani 2:1 hisobida magʻlub etdi.
Hisob 24-daqiqada Andreas Shelderup tomonidan ochildi. 35-daqiqada Virjil van Deyk hisobni tenglashtirdi. 51-daqiqada esa Teyyani Reynders gʻalaba golini kiritdi.
London shahrida joylashgan “Uembli“ stadionida Angliya va Urugvay oʻrtasidagi bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
81-daqiqada Ben Uayt angliyaliklarni oldinga olib chiqqan boʻlsa, 90+4-daqiqada Federiko Valverde penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring