Jahon chempionatidagi raqibimiz Xorvatiyaga magʻlub boʻldi
Kecha, 27-mart kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Kolumbiya terma jamoasi Xorvatiya termasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Bahs Amerika Qoʻshma Shtatlarining Orlando shahrida joylashgan “Camping World” stadionida boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv Xorvatiya terma jamoasining 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Igor Matanovich va Luka Vushkovich mualliflik qilishdi. Kolumbiyaning yagona javob goli esa Jon Arias hisobiga yozildi.
Kolumbiya terma jamoasi Davinson Sanches, Jefferson Lerma, Luis Dias va Xames Rodriges kabi jamoa yetakchilari oʻyinni asosiy tarkibda boshladilar.
Maʼlumot uchun, Kolumbiya terma jamoasi Jahon chempionatida Oʻzbekiston termasi bilan bitta guruhdan oʻrin olgan. Ushbu ikki terma jamoa oʻrtasidagi oʻyin 18-iyun kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring