AQSH Eron bilan uch haftalik nizo davomida 2,9 milliard dollargacha zarar koʻrdi

10:48 28 Mart 2026 Dunyo
346 0

Amerika Qoʻshma Shtatlari Qurolli kuchlari Eron bilan nizoning dastlabki uch haftasida 2,9 milliard dollargacha zarar koʻrdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

AQSH Mudofaa vazirining sobiq oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Eleyn Makkaskerning soʻzlariga koʻra, Amerika harbiy texnikasiga yetkazilgan zarar va shikastlangan uskunalarni almashtirish qiymati 1,4 milliard dollardan 2,9 milliard dollargacha baholanmoqda.

WSJ nashrining yozishicha, yuqoriroq baholanish AQSH Qurolli kuchlari bazasida joylashgan Qatar radarining shikastlangani bilan bogʻliq. Zararning asosiy qismi Eron raketalari va dronlari (PUA) hujumi natijasida yetkazilgan.

Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?