Sirdaryoda maktab oʻqituvchilari yoʻl harakati qoidalari boʻyicha oʻqitilmoqda
Bolalar ishtirokida sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini oldini olishda maktab pedagog-xodimlarining oʻquvchilarga beradigan saboqlari muhim ahamiyatga ega. Sirdaryo viloyatida ayni shu jihat eʼtiborga olingan holda oʻqituvchilarning yoʻl harakati qoidalari boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida ular uchun maxsus oʻquv mashgʻulotlari tashkil etilmoqda.
— Mazkur oʻquv jarayonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida oʻtkazilmoqda, — deydi Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshligʻi, katta leytenant Muhriddin Pirmatov. — Albatta, Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur oʻquv tadbirlari kutilgan samarani beradi. Yaʼni pedagoglar mashgʻulotlarda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha olgan bilim hamda koʻnikmalarini oʻquvchilarga yetkazib, bolalar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan YTHlarni oldini olishga oʻzlarining katta hissalarini qoʻshadilar.
Ayni oʻquv mashgʻulotlaridan biri Mirzaobod tumanidagi 1- umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi turli maktablardan 200 nafardan ortiq oʻqituvchi qatnashdi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring