Germaniyaning konteyner tashish kompaniyasi Erondagi urush tufayli haftasiga 50 mln dollar yoʻqotmoqda

11:53 27 Mart 2026 Dunyo
235 0

Germaniyaning eng yirik konteyner tashish kompaniyasi Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli haftasiga 50 million dollar zarar koʻrmoqda. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Hapag-Lloyd” kompaniyasi bosh direktori Rolf Xabbenning taʼkidlashicha, Erondagi mojaro kompaniya uchun jiddiy muammoga aylangan.

“Kompaniyamizning oltita kemasi, taxminan 150 kishidan iborat guruh hamon Fors koʻrfazida qolmoqda. Ekipajlar suv va oziq-ovqat bilan taʼminlangan, ammo kompaniya kemalarni xavfli hududdan iloji boricha tezroq olib chiqishga harakat qilmoqda”, — deydi Rolf Xabben.

Shuningdek u, bu toʻxtalishlarni uzoq davom ettirib boʻlmasligini, qoʻshimcha xarajatlar haftasiga 40-50 million dollargacha zarar yetkazayotganini qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?