Futbol intensivligini oshirish uchun jiddiy qadam tashlandi
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatida qoʻllaniladigan yangi qoidalarni tasdiqladi. Bu haqda “The Referee” portali maʼlumot berdi. Unga koʻra, mundialda quyidagi qoidalar amal qiladi:
1. Agarda jamoa tarkibida oʻzgarish qilinsayu, bu 10 soniya ichida amalga oshirilmasa, yaʼni futbolchi 10 soniya ichida maydon ichidagi joyini boʻshatib bermasa, maydonga tushishi kerak boʻlgan futbolchi 1 daqiqadan keyin maydonga tushadi. Demak, jamoa 1 daqiqa mobaynida 10 kishi boʻlib, oʻyinni davom ettiradi.
2. Autdan yoki darvoza yonidan toʻpni oʻyinga kiritayotganda hakam tomonidan 5 soniyalik taymer sanaladi. Soniyalardan oshib ketilganda toʻp raqiblarga olib beriladi.
3. Maydonda tibbiy yordam olgan oʻyinchi maydonni tark etishi va qaytishdan oldin bir daqiqa kutishi kerak. Agarda jarohat olgan futbolchiga jarohat yetkazgan oʻyinchi kartochka oladigan boʻlsa, bu holat mustasno boʻladi.
4. VAR tizimi endi xato belgilangan burchak zarbalarini ham tekshirishi mumkin.
5. Faqatgina jamoa sardori qarorlar boʻyicha hakam bilan gaplashishi mumkin. Agarda boshqa futbolchilar hakam oldini oʻrab olishsa, ularga sariq kartochka koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring