Sport tadbirlari sabab poytaxtdagi ayrim koʻchalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi

16:08 26 Mart 2026 Jamiyat
246 0

Poytaxtdagi bir qator koʻchalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim koʻchalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Jumladan, 28-mart soat 08:00 dan 12:00 gacha:

  • Yangi Oʻzbekiston koʻchasi — CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha.

3-aprel soat 16:00 dan 5-aprel 14:00 gacha:

  • Afrosiyob koʻchasi — I.Karimov koʻchasi kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi kesishmasigacha.

5-aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha:

  • Beshyogʻoch koʻchasi — Furqat koʻchasi kesishmasidan I.Karimov koʻchasi kesishmasigacha;
  • Afrosiyob koʻchasi — I.Karimov koʻchasi kesishmasidan Sh.Rashidov koʻchasi kesishmasigacha:
  • Sh.Rashidov koʻchasi — Afrosiyob koʻchasi kesishmasidan I.Karimov koʻchasi kesishmasigacha;
  • Afrosiyob koʻchasi — Sh.Rashidov koʻchasi kesishmasidan Shahrisabz koʻchasi kesishmasigacha;
  • Shahrisabz koʻchasi — Afrosiyob koʻchasi kesishmasidan A.Temur shoh koʻchasi kesishmasigacha;
  • Oybek koʻchasi — Shahrisabz koʻchasi kesishmasidan Nukus koʻchasi kesishmasigacha;
  • Nukus koʻchasi — Oybek koʻchasi kesishmasidan Istiqbol koʻchasi kesishmasigacha;
  • Abdulla Qodiriy koʻchasi — Istiqbol koʻchasi kesishmasidan Abay koʻchasi kesishmasigacha.

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirish soʻralgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?