Fuqarolarni qasddan urib yuborgan “Tracker” haydovchisi ushlandi

15:57 26 Mart 2026 Jamiyat
232 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida fuqarolar janjallashgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 26-mart kuni soat taxminan 12:15 larda 1999-yilda tugʻilgan fuqaro B.R. Yunusobod tumani Niyozbek yoʻli koʻchasida sobiq turmush oʻrtogʻi 2001-yilda tugʻilgan fuqaro M.F. va uning yonida boʻlgan boshqa shaxslar bilan oʻzaro janjallashib ketgan.

Shundan soʻng, fuqaro B.R. boshqa shaxslarga ogʻir tan jarohati yetkazish maqsadida oʻzining boshqaruvidagi davlat raqami 01 N 014 FC boʻlgan “Tracker” rusumli avtomashinada M.F. va uning tanishlari ustiga haydab, qasddan urib yuborgan.

Mazkur holat oqibatida fuqaro M.F. va uning tanishi fuqaro D.Q.lar yengil turkumdagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Hozirda voqea ishtirokchilarining barchasini shaxsi aniqlanib, Yunusobod tumani IIO FMBga olib kelingan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

“Tekshiruv yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi. Mazkur holat Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi boshqarma munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?