9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari qachon oʻtkazilishi aytildi
2025–2026 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2026-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 9-sinflar uchun Ona tili va adabiyot/Davlat tili, Matematika, Oʻzbekiston tarixi hamda Jismoniy tarbiya fanlaridan imtihon topshiradi.
11-sinflar majburiy fanlar, xususan, Ona tili va adabiyot/Davlat tili, Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) hamda Tarix fanlaridan davlat attestatsiyasi imtihonlariga qatnashadi.
Maʼlumot uchun, tanlov fanlar Ona tili va adabiyoti, Biologiya, Fizika, Kimyo, Huquq, Geografiya hamda Chet tili fanlari hisoblanadi. 11-sinf oʻquvchilari 3 ta majburiy va 2 ta tanlov fanidan imtihon topshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring