Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 35-yilda 4,8 barobarga oshdi

11:53 26 Mart 2026 Iqtisodiyot
284 0

2025-yilda Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 1 849,7 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Yalpi ichki mahsulotning oʻzish dinamikasi yillar kesimida oʻrganilganda, 1991-yil 61,5 mlrd rubl, 1995-yil 302,8 mlrd soʻm, 2000-yil 3 256 mlrd soʻm, 2005-yil 15 923 mlrd soʻm, 2010-yil 88 102 mlrd soʻm, 2015-yil 250 545 mlrd soʻm, 2020-yil 705 077 mlrd soʻm, 2021-yil 861 171 mlrd soʻm, 2022-yil 1 041 878 mlrd soʻm, 2023-yil 1 261 806 mlrd soʻm, 2024-yil 1 535 432 mlrd soʻm hamda 2025-yil 1 849 650 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, yalpi ichki mahsulotning real oʻsish surʼati 1991-yilga nisbatan 478,1 foizni tashkil etgan yoki 4,8 barobarga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?