Habi Alonso faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

10:11 26 Mart 2026 Sport
192 0

“Real Madrid” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Habi Alonso faoliyatini Angliya Premyer ligasi vakili “Liverpul” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

Unga koʻra, “Liverpul” klubi 2026-yil yozida jamoani boshqarib kelayotgan Arne Slotni isteʼfoga chiqaradi.

Alonso allaqachon Slotning asosiy vorisi sifatida belgilangan. Ispaniyalik mutaxassis “Liverpul”ga oʻtishga tayyor, ammo mavsum oʻrtasida ish boshlashni istamaydi.

Agar “Liverpul” Habiga taklif bilan chiqsa, ispaniyalik mutaxassis oldindan belgilangan transfer shartlari amalga oshirilgan taqdirdagina klubda ish boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?