Tramp AQSHda qurol ishlab chiqarishni tezlashtirish boʻyicha topshiriq berdi
Amerika yetakchisi Donald Tramp AQSHda qurol ishlab chiqarishni tezlashtirish boʻyicha koʻrsatma berganini maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirmoqda.
AQSH Prezidenti Kongress Vakillar palatasiga saylovlar boʻyicha Respublikachilar partiyasi qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan har yilgi mablagʻ yigʻish tadbirida tegishli bayonot bilan chiqish qildi.
Eronga qarshi harbiy operatsiya haqida fikr yuritar ekan, Tramp Qoʻshma Shtatlar “eng yaxshi qurol-yarogʻlarga” ega ekanligini qayd etdi.
— Va agar eʼtibor bergan boʻlsangiz, men uni tezroq va koʻproq hajmda ishlab chiqarishni aytdim, chunki bizga bularning barchasi Amerikada ishlab chiqarilishi kerak, — deb taʼkidladi u.
Bundan oldin qurol-yarogʻ ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar, jumladan, BAE Systems, Boeing, Honeywell Aerospace, L3Harris Missile Solutions, Lockheed Martin, Northrop Grumman va Raytheon vakillari qurol ishlab chiqarish hajmini toʻrt baravar oshirishga rozi boʻlganliklari maʼlum boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring