Fors koʻrfazidagi energiya obyektlarini tiklash uchun kamida 25 milliard dollar talab etiladi
AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi natijasida shikastlangan Fors koʻrfazi mamlakatlaridagi energetika infratuzilmasini tiklash uchun kamida 25 milliard dollar miqdorida investitsiya talab etiladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
— Yaqin Sharqdagi urush neft va gaz yetkazib berishda jiddiy global uzilishlarga olib keldi. Butun mintaqa boʻylab suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish liniyalari, neftni qayta ishlash zavodlari, yoqilgʻi terminallari va gazni suyuq yoqilgʻiga aylantiruvchi muhim korxonalarning shikastlanishi va ishi toʻxtab qolishi qayd etildi. Dastlabki baholashlarga koʻra, bugungi kunda energetika infratuzilmasini taʼmirlash va tiklash xarajatlari kamida 25 milliard dollarni tashkil etishi mumkin, — deyiladi Rystad Energy konsalting kompaniyasi bayonotida.
Eng koʻp zarar koʻrgan obyektlar sirasiga Qatardagi gazni suyultirish, saqlash va joʻnatish boʻyicha asosiy quvvatlar jamlangan Ras-Laffan sanoat klasteri hamda Erondagi yirik Janubiy Pars gaz koni kiradi.
Bundan tashqari, Bahraynning Bapco Energies kompaniyasiga qarashli neftni qayta ishlash zavodiga ham sezilarli zarar yetkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring