Eron rasmiylari AQSHning muzokaralar boʻyicha taklifi tuzoq boʻlishi mumkin deb hisoblamoqda

09:25 26 Mart 2026 Dunyo
183 0

Eron hukumati AQSHning Islomobodda (Pokiston) muzokaralar oʻtkazish haqidagi taklifi navbatdagi tuzoq boʻlishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Islom Respublikasi vakillari Pokiston, Misr va Turkiyadan kelgan vositachilarga Amerika harbiylarining Yaqin Sharqqa koʻchirilishi ulardagi shubhalarni yanada kuchaytirganini bildirishgan. Ularning fikricha, tinchlik muzokaralari haqidagi taklif aslida chalgʻituvchi nayrang boʻlishi mumkin.

Axios nashrining yozishicha, Eron “yana aldanib qolishni istamaydi”, chunki oʻtgan yilning iyunida va shu yilning 28-fevralida sodir boʻlgan hujumlar aynan muzokaralar qizgʻin pallaga kirgan vaqtda amalga oshirilgan edi.

AQSH tomonidan Eronga taqdim etilgan nizoni tugatish boʻyicha 15 banddan iborat reja muzokaralar uchun asos sifatida koʻrilmoqda. Amerika maʼmuriyati vakillari Tehron avvalgi muzokaralarda rozi boʻlmagan yon berishlarga bu safar tayyormi yoki yoʻqmi — shuni tushunishga harakat qilmoqda.

Shu bilan birga, Qoʻshma Shtatlar hamon Eronga qarshi operatsiyaning quruqlikdagi bosqichiga oʻtish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, biroq bu boʻyicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?