Kolumbiya Harbiy havo kuchlari samolyoti halokati qurbonlari soni 70 nafarga yaqinlashdi

09:15 26 Mart 2026 Dunyo
287 0

Kolumbiyada Hercules C-130 harbiy-transport samolyoti halokatga uchrashi oqibatida qurbon boʻlganlar soni 69 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda TASS mamlakat Qurolli kuchlariga tayanib.

— Maʼlumotlarni toʻplash va tekshirishdan soʻng samolyot bortida 126 kishi boʻlganligini aniqlash imkoni boʻldi: Kolumbiya HHKning 11 nafar ekipaj aʼzosi, 113 nafar quruqlikdagi qoʻshinlar xizmatchisi va ikki nafar milliy politsiya xodimi. Ulardan 57 nafari jarohatlangan va afsuski, 69 nafari ushbu fojiali hodisa oqibatida halok boʻlgan, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jabrlanganlar yirikroq shaharlardagi, shu jumladan, poytaxtdagi shifoxonalarga koʻchirilgan.

Eslatib oʻtamiz, havo kemasi Puerto-Legisamo munitsipalitetida havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay halokatga uchragan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?