Eronning AQSH bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar uchun talablari maʼlum qilindi
Eron Donald Tramp maʼmuriyatiga oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar uchun “juda yuqori” talablarni ilgari surdi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Nashr suhbatdoshlarining xabar berishicha, Tehron Fors koʻrfazi mamlakatlaridagi barcha Amerika bazalarini yopishni talab qilmoqda, shuningdek, reparatsiya (tovon puli) toʻlanishini qatʼiy soʻramoqda.
Boshqa talablar qatoriga quyidagilar kiradi:
— Hormuz boʻgʻozida Eronga undan oʻtish uchun haq undirish imkonini beruvchi yangi tartib oʻrnatish;
— Eronga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilish;
— Harbiy harakatlar qayta tiklanmasligi boʻyicha kafolatlar berish va Isroilning Tehron tomonidan qoʻllab-quvvatlanuvchi Livan “Hizbulloh”iga zarbalarini toʻxtatish;
— Eronga oʻz yadroviy dasturini saqlab qolishga ruxsat berish va uni cheklashga boʻlgan urinishlardan voz kechish.
Ismi oshkor etilmagan amerikalik mulozim ushbu talablarni “noreal va kulgili” deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, bu kelishuvga erishishni qiyinlashtirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring