BMT: Hoʻrmuz boʻgʻozining toʻsib qoʻyilishi Sudan, Afgʻoniston va boshqa mamlakatlarda ochlikni kuchaytiradi

22:09 24 Mart 2026 Dunyo
429 0

Hoʻrmuz boʻgʻozi faoliyatining toʻsib qoʻyilishi ochlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlardagi vaziyatning yomonlashishiga olib keladi. Bu haqda BMTning Loyihalarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi ijrochi direktori Jorje Moreyra da Silva maʼlum qildi, uning soʻzlarini TASS keltirmoqda.

Da Silvaning soʻzlariga koʻra, Yaqin Sharqdagi eskalatsiya oqibatlari nizo qamrab olgan mamlakatlar chegaralaridan ancha chetga chiqib ketadi. U Hoʻrmuz boʻgʻozining toʻsib qoʻyilishidan eng jiddiy oqibatlarni Osiyo va Afrika qitʼasining rivojlanayotgan davlatlari oʻz tanasida his qilishini taʼkidladi.

— Hoʻrmuz boʻgʻozi faoliyatidagi uzilishlar energiya resurslari yetkazib berishni xavf ostiga qoʻyadi. Bu oʻgʻitlar bozoriga taʼsir qilib, ochlik yoki oziq-ovqat beqarorligi darajasi eng yuqori boʻlgan mamlakatlarda, jumladan, Sudan, Janubiy Sudan, Afgʻoniston, Yaman va Somalida oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi, — deya qoʻshimcha qildi u.

Bir yil davomida butun dunyo boʻylab ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni oʻn millionlab kishiga koʻpayadi.

— Fors koʻrfazidagi urushning kengayishi, shuningdek, pul oʻtkazmalari oqimini ham xavf ostiga qoʻyishi mumkin, bu birinchi navbatda Janubiy Osiyoga tegishli, — deya xulosa qildi Da Silva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?