UNICEF: Yaqin Sharqdagi nizoda 2 mingdan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohatlandi

22:06 24 Mart 2026 Dunyo
363 0

AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri kamida 2,1 ming bola halok boʻldi yoki jarohat oldi. Bu haqda BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) ijrochi direktori oʻrinbosari Ted Chayban maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

— 2,1 mingdan ortiq bola halok boʻldi yoki yaralandi, jumladan, Eronda 206 nafar va Livanda 118 nafar bola hayotdan koʻz yumdi. Isroilda toʻrt nafar va Quvaytda bir nafar bola oʻldirildi, — deb qayd etdi u.

Chayban harbiy harakatlar davom etsa, qurbonlar soni yanada ortishini taʼkidladi.

— Urush boshlanganidan beri kuniga oʻrtacha 87 nafar bola jarohat olmoqda yoki halok boʻlmoqda, — deya qoʻshimcha qildi u.

Ted Chaybanning soʻzlariga koʻra, jangovar harakatlar davomida uylar, maktablar, shifoxonalar va bolalar farovonligi bogʻliq boʻlgan boshqa infratuzilma obyektlari vayron qilingan yoki ularga shikast yetkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?