Koreyada sodir boʻlgan yirik yongʻinda oʻzbekistonliklar jabrlanmagan — TIV

01:55 24 Mart 2026 Jamiyat
357 0

Shu yilning 20-mart kuni Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish zavodida yirik yongʻin sodir boʻlgan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 24 kishi zaharli havodan nafas olib, jabrlangan. 53 nafar xodim turli tan-jarohatlari olib shifoxonalarga joylashtirilgan, 14 kishi esa bedarak yoʻqolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoʻqligini maʼlum qildi.

Bildirilishicha, ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining doimiy nazoratiga olingan boʻlib, Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonamiz orqali tegishli idoralar bilan yaqin hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda.

“Zarurat yuzaga kelgan taqdirda, fuqarolarimiz mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi Elchixonasiga tezkor aloqa raqamlari — +82 10 3213 4505, +82 10 2909 4334 orqali murojaat qilishlari mumkin”, — deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?