Sirdaryoda ikki nafar MIB xodimi pora bilan ushlandi
Sirdaryoda ikki nafar MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Bildirilishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Majburiy ijro byurosi Mirzaobod tuman boʻlimi 2 nafar davlat ijrochisining noqonuniy harakatiga chek qoʻyilgan. Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining 2021-yil dekabr oyidagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor shaxsdan undiruvchi fuqaro foydasiga 30 million soʻm miqdorida moddiy va maʼnaviy zarar undirish belgilangan boʻlib, u mazkur davlat ijrochilaridan birining ish yurituvida boʻlgan.
Davlat ijrochilari qarzdor fuqarodan ijro ishini tugatish evaziga 20 million soʻm olib, undiruvchi fuqaroga goʻyoki qarzdor ogʻir sharoitda ekanligini roʻkach qilib, pulning 14 million soʻm qismini berishgan hamda undan 30 million soʻm olganligi va daʼvosi yoʻqligi toʻgʻrisida tilxat yozdirib olgan.
Shundan soʻng, qonunbuzar shaxslar qolgan 6 million soʻmni tuman prokuraturasi binosi oldida oʻzaro 3 million soʻmdan taqsimlab olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur MIB davlat ijrochilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring