Rossiya oʻz hududlari hamda Qora dengiz osmonida 25 ta dronni urib tushirdi
Illyustrativ foto
Rossiya mudofaa vazirligi mamlakat hududlari va Qora dengiz osmonida 25 ta dron urib tushirilganini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, dronlar Moskva viloyati, Vladimir, Belgorod, Kursk, Tula, Ryazan, Rostov, Voronej, Bryansk viloyatlari va Qora dengiz ustida yoʻq qilingan.
Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxt tomonga qarab uchayotgan bitta dron muvaffaqiyatli toʻxtatib qolinganini bildirdi. Ayni vaqtda favqulodda xizmatlar halokat joyida ish olib bormoqda.
Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning taʼkidlashicha, dronlarning avtomobilga hujumi natijasida bir kishi jarohat olgan. Bryansk viloyatida ham dronlar Miratorg zavodiga borib urilishi oqibatida bir nafar kishi turli darajadagi tan-jarohatlari olgan. Rostov viloyatida qurbonlar yoki zararlar haqida maʼlumotlar yoʻq.
Shuningdek, Tula va Ryazan viloyatlarida qurbonlar yoki zararlar aniqlanmagan. Vladimir, Kursk va Voronej viloyatlari rasmiylari esa dronlar hujumi oqibatida zarar yetgani toʻgʻrisida maʼlumot bermagan. Maʼlumotlarga koʻra, Ufa, Saratov, Ivanovo va Kaluga kabi aeroportlarda reyslarni qabul qilish va uchishga ruxsat berish vaqtinchalik toʻxtatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring