Poytaxtda Amir Temur xiyoboni hududi vaqtincha yopiladi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 23-martdan 7-aprel kuniga qadar (shu kuni ham) Amir Temur xiyoboni hududi butun perimetri boʻylab vaqtincha yopiladi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Bildirilishicha, mazkur cheklovlar faqat Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh koʻchalari hamda Amir Temur va Mustaqillik shohkoʻchalari chegaralarida joylashgan xiyobon maydonining oʻziga taalluqlidir.
“Ishlar davomida piyodalar yoʻlaklari qoplamasini taʼmirlash va qisman yangilash, muhandislik kommunikatsiyalari va sugʻorish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, hududni koʻkalamzorlashtirish rejalashtirilgan. Yangilanayotgan sugʻorish tizimi suvdan yanada oqilona foydalanishni hamda mavjud yashil maydonlarni yanada samaraliroq sugʻorishni taʼminlaydi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Poytaxt hokimligi olib borilayotgan ishlar doirasida mavjud boʻlgan birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmasligi, aksincha, qoʻshimcha koʻchatlar ekish va hududni koʻkalamzorlashtirishni kuchaytirish ishlari koʻzda tutilganini qoʻshimcha qilgan.
Maʼlumot uchun, tutash koʻchalarda avtotransport harakati va yoʻl boʻyida toʻxtab turish imkoniyati odatdagi tartibda saqlanib qoladi. Belgilangan muddatda xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlarining chiqish yoʻllari ham vaqtincha yopiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring