Kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabuli davom etmoqda

19:02 22 Mart 2026 Jamiyat
442 0

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi tegishli qarori bilan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, stajyor-tarbiyachi hamda tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.

Mazkur qarorga muvofiq, 2026-yil 18-martdan boshlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinishi davom etmoqda. Murojaatlarni yuborish 2026-yil 18-aprel (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

Kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun:

  • kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi, psixolog yoki mutaxassis lavozimidagi;
  • shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, egallab turgan lavozimiga muvofiq emas (oʻrta maxsus maʼlumotlilar), deb topilgan pedagog kadrlar ham hujjat topshirishlari mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?