Germaniyada futbol oʻyinidan soʻng ommaviy janjal sodir boʻldi
Germaniya Bundesligasining “Borussiya Dortmund” hamda “Gamburg” oʻrtasidagi navbatdagi tur oʻyinidan soʻng, muxlislar ishtirokida ommaviy janjal kelib chiqdi.
Hodisa tungi vaqtda, muxlislarni olib ketayotgan avtobuslar stadiondan chiqib ketayotgan paytda sodir boʻlgan. Mahalliy politsiya bergan maʼlumotlarga koʻra, yuzlab niqobli shaxslar harakatdagi avtobuslarga hujum qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan xavfsizlik kuchlari ommaviy janjalni tarqatishga muvaffaq boʻlgan. Muxlislarni olib ketayotgan avtobuslar shaharni tark etgunga qadar politsiya hamrohligida harakatlangan.
Hozirgacha mazkur ommaviy janjalda ishtirok etganlikda gumonlanib, jami 152 kishi hibsga olingan. Qoʻlga olingan shaxslarning aksariyati “Gamburg” klubi muxlislari ekani taʼkidlanmoqda. Tergov davomida aksariyat gumondorlar qoʻyib yuborilgan, holat doirasida bir qancha jinoyat ishi ochilgan. Maʼlumot uchun, ushbu bahs 3:2 hisobida dortmundliklar foydasiga yakunlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring