Eronning elektr stansiyalari haqida nimalarni bilish kerak?
AQSH prezidenti Donald Tramp agar Eron 48 soat ichida Hoʻrmuz boʻgʻozini ochmasa, Eronning elektr stansiyalariga zarba berib, ularni yoʻq qilish bilan tahdid qildi. Biz ushbu obyektlarga toʻxtalib oʻtamiz.
Ochiq manba boʻlgan OpenInfraMap maʼlumotlariga tayanilsa, Eronda 110 ga yaqin gaz zavodlari mavjud, ularning oz qismi gibrid hisoblanadi. Saytga koʻra, mamlakatda quyosh, gidroenergetika, shamol, neft, dizel, koʻmir, geotermal va atom elektr stansiyalari ham faoliyat yuritadi.
Gaz ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik uchta zavod:
- Damavand bugʻ -gaz elektr stansiyasi: Tehron markazidan janubi-sharqda taxminan 70 km uzoqlikda joylashgan. Quvvati: 2868 MVt.
- Shahid Salimi: Kaspiy dengizi yaqinidagi Mazandaran viloyatida joylashgan. Quvvati: 2215 MVt.
- Shahid Rajai: Tehron markazidan taxminan 110 km shimoli-sharqda joylashgan. Quvvati: 2043 MVt.
Maʼlumot uchun Florida shtatidagi West County Energy Center AQSHdagi eng yirik tabiiy gaz elektr stansiyasi boʻlib, OpenInfraMap maʼlumotlariga koʻra, 3750 MVt quvvatga ega.
Eron elektr energiyasining katta qismini qazilma yoqilgʻilar orqali ishlab chiqaradi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) veb-saytidagi maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda 340 000 GVt/soatdan ortiq energiya qazilma yoqilgʻilardan olingan, qariyb 28 000 GVt/soat esa qayta tiklanadigan energiyadan olingan.
MAGATE maʼlumotlariga koʻra, Eronda faqat bitta atom elektr reaktori boʻlib, mamlakat gʻarbidagi Busher atom elektr stansiyasi hisoblanadi va yana bittasi qurilish jarayonida. 2023-yilda Eron yadro energiyasi orqali 5740 GVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.
Eron atom energiyasi tashkiloti seshanba kuni Busher atom elektr stansiyasi dushman tomonidan nishonga olingani, ammo qurbonlar hamda talofatlar yoʻqligini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring