Oʻzbekistondagi xorijiy korxonalar qaysi sohalarda faoliyat yuritmoqda?

12:43 22 Mart 2026 Iqtisodiyot
507 0

2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:

  • savdo sohasida – 6 623 ta;
  • sanoat sohasida – 3 817 ta;
  • qurilish sohasida – 1 444 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 1 414 ta;
  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 774 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 593 ta;
  • qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 478 ta;
  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 217 ta;
  • boshqa sohalarda – 3 153 ta.

Mavjud korxonalardan 4 282 tasi qoʻshma va 14 231 tasi xorijiy korxonalardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?