Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):
- birinchi bosqichda – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagogning mutaxassislik fani (35 ta) va kasb standarti (5) boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirigʻi beriladi (40 test savoli 1 baldan jami 40 ball);
- ikkinchi bosqichda – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).
Mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust dekabr oylarida oʻtkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etila boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring