“Qoʻrqoqlar, biz buni eslab qolamiz”. Tramp NATO ittifoqchilarini Hoʻrmuz boʻgʻozida AQSHga yordam berishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashingtonning yevropalik ittifoqchilari Hoʻrmuz boʻgʻozidagi ehtimoliy harbiy operatsiyaga qoʻshilishdan bosh tortgani uchun NATOni “qogʻoz yoʻlbars” deb atadi. Tegishli post uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.
“AQSHsiz NATO — qogʻoz yoʻlbars! Qoʻrqoqlar! Va biz buni eslab qolamiz!” — deb yozdi Amerika yetakchisi Hoʻrmuz boʻgʻozidagi vaziyat boʻyicha transatlantik munozaralar jarayoniga izoh berar ekan.
Tramp oʻz fikrini davom ettirib, shunday qoʻshimcha qildi:
“Ular yadroviy Eronni toʻxtatish uchun jangga qoʻshilishni istamayapti. Endi, harbiy nuqtayi nazardan ular uchun juda kam xavf bilan bu jangda gʻalaba qozonilganida, ular neft narxining yuqoriligidan shikoyat qilishmoqda, ammo Hoʻrmuz boʻgʻozini ochishga yordam berishni xohlashmayapti. Vaholanki, gap oddiy harbiy manevr va neft narxi oshishining yagona sababi haqida ketmoqda. Buni qilish ular uchun juda oson va xavfi ham kam”.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi sammitida Eron bilan nizoda AQSHga harbiy yordam berish boʻyicha qaror qabul qilinmadi. Davlatlar faqatgina Somali qirgʻoqlari va Qizil dengizdagi YI missiyalarida kemalar sonini koʻpaytirish bilan cheklandilar, ammo bu missiyalar mandati Hoʻrmuz boʻgʻoziga tatbiq etilmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring