Tramp Eronga qarshi operatsiyaning toʻsatdan boshlangani haqidagi savolga javoban Yaponiyaga Perl-Xarborni eslatdi

15:43 20 Mart 2026 Dunyo
422 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi AQSH-Isroil operatsiyasi boshlanishi holatlari bilan bogʻliq taʼnaga javoban Yaponiyaga Perl-Xarbordagi hujumni eslatib oʻtdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Yaponiyalik jurnalist Amerika yetakchisidan nima uchun Vashington Tokio va Yevropadagi ittifoqchilarini Eronga hujum qilish niyati haqida oldindan xabardor qilmaganini soʻradi.

“Biz bu haqda hech kimga aytmadik, chunki toʻsatdan zarba berish omilini saqlab qolmoqchi edik. Toʻsatdan hujum qilish haqida Yaponiyadan koʻra yaxshiroq kim biladi? Nima uchun siz menga Perl-Xarbor haqida aytmagandingiz? Menimcha, siz toʻsatdan zarba berish omiliga bizdan koʻra koʻproq ishonasiz. Aynan mana shu kutilmaganlik tufayli biz dastlabki ikki kun ichida rejalashtirilgan maqsadlarning 50 foizini yoki undan ham koʻprogʻini yoʻq qildik”, — deya javob berdi Tramp Oq uyda Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaiti bilan boʻlgan uchrashuvda.

Maʼlumot uchun: Yaponiyaning Gavayidagi AQSH Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlari bazalariga — Perl-Xarborga hujumi 1941-yil 7-dekabrda sodir boʻlgan. Shundan soʻng AQSH Ikkinchi jahon urushiga Gitlerga qarshi koalitsiya tomonida qoʻshilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?