Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi energetika obyektlariga zarba berishga moratoriy joriy etishga chaqirdi
Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Yaqin Sharqdagi energetika va suv obyektlariga zarba berishni toʻxtatish (moratoriy joriy etish) toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonotni imzoladilar. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Hujjatda taʼkidlanishicha, ushbu obyektlarning vayron etilishi energiya resurslari narxini oshirib yuborgan, shu bilan birga mintaqada qurgʻoqchilik va ochlik xavfini yuzaga keltirgan.
“Yevropa kengashi vaziyatni yumshatishga (deeskalatsiya) va maksimal darajada vazminlikka, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilishga, shuningdek, barcha tomonlarni xalqaro huquq normalariga toʻliq rioya qilishga chaqiradi”, — deyiladi qoʻshma bayonotda.
YEI davlatlari Eronning “mintaqa mamlakatlariga yoʻnaltirilgan tartibsiz harbiy zarbalarini” qoraladi. Yevropa Ittifoqi, agar oʻt ochish toʻxtatilsa, Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiyaning Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarning erkin harakatlanishini taʼminlashga tayyorligini tasdiqladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eron OAVlari va rasmiylari AQSH va Isroil tomonidan islom respublikasining janubiy qismidagi neft-gaz sohasi obyektlariga hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring