Janubiy Koreyadagi avtomobil ehtiyot qismlari zavodida yirik yongʻin yuz berdi: kamida 50 kishi jabrlandi
Janubiy Koreyaning Tejon shahridagi avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan yongʻin oqibatida kamida 50 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda TASS.
Yongʻin mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:17 da (Toshkent vaqti bilan 09:17) boshlangan. Olovni oʻchirishga 240 nafar xodim va 70 ga yaqin maxsus texnika jalb etilgan.
Hodisa oqibatida kamida 50 kishi jarohatlangan boʻlib, ulardan 35 nafarining ahvoli ogʻir ekani aytilmoqda.
Janubiy Koreya Bosh vaziri Kim Min Sok mahalliy favqulodda vaziyatlar xizmatlariga yongʻinga qarshi kurash uchun barcha mavjud vositalar va shaxsiy tarkibni safarbar qilish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring