“Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari Toshkentdan Shahrisabzga qatnashni boshlaydi
27-martdan boshlab “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari Toshkent — Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovini boshlaydi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, poyezdlar juma, shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi.
“Ushbu reyslar yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish va hududlar oʻrtasidagi transport aloqasini yanada yaxshilash maqsadida tashkil etilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Toshkent — Shahrisabz yoʻnalishida: Toshkentdan joʻnash vaqti — soat 06:33;
Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida: Shahrisabzdan joʻnash vaqti — soat 16:24.
Chiptalarni rasmiy kassalardan va onlayn platformalar orqali xarid qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring