Oʻzbekiston Xitoyga gaz yetkazib beruvchi eng yirik beshta davlat qatoriga kirdi

15:00 20 Mart 2026 Iqtisodiyot
420 0

2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Xitoyga 1 million dollardan ortiq qiymatdagi quvur gazini eksport qildi, deb xabar bermoqda TASS XXR Bosh bojxona boshqarmasi maʼlumotlariga tayanib.

Xitoyga “zangori yoqilgʻi” eksporti boʻyicha davlatlar quyidagi tartibda joylashgan:

Rossiya — 1,61 mlrd dollar;

Turkmaniston — 1,29 mlrd dollar;

Myanma — 267,57 mln dollar;

Qozogʻiston — 86,29 mln dollar;

Oʻzbekiston — 1,08 mln dollar.

XXR tomonidan xorijdan sotib olinayotgan quvur gazining jismoniy hajmi (kub metrlarda) keltirilmagan.

Eslatib oʻtamiz, 2025-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Xitoyga 773 million dollarlik quvur gazini eksport qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?