Tramp AQSH migrantlarni deportatsiya qilish yondashuvini qayta koʻrib chiqishi kerakligini tan oldi

14:46 20 Mart 2026 Dunyo
412 0

AQSH prezidenti Donald Tramp maslahatchilarining tor doirasi bilan boʻlgan suhbatda uning maʼmuriyati tomonidan olib borilayotgan noqonuniy migrantlarga qarshi kurash, jumladan, ularni deportatsiya qilish siyosati qayta koʻrib chiqilishi kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Nashr suhbatdoshlarining soʻzlariga koʻra, Tramp oʻz yordamchilariga noqonuniy immigratsiya muammosiga nisbatan yangi yondashuv ishlab chiqishni topshirgan.

Amerika yetakchisi suhbat davomida AQSH fuqarolariga “ommaviy deportatsiya” atamasi yoqmasligini taʼkidlagan. Shu munosabat bilan u hibsga olishlarni oʻtkazishda shaharlarda xaos (tartibsizlik) keltirib chiqarmaslik va asosiy diqqatni “yomon yigitlar”ni qoʻlga olishga qaratish lozim deb hisoblamoqda.

AQSH Prezidentining atrofidagilar Kristi Noemning Ichki xavfsizlik vaziri lavozimidan isteʼfoga chiqishi bu masalada burilish nuqtasi boʻldi deb hisoblashmoqda. Tramp Noem davrida Amerika maʼmuriyati matbuotda faol tanqid qilinganidan bir necha bor noroziligini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?