Uch hududda qalbaki alkogol hamda tamaki mahsulotlari savdosi toʻxtatib qolindi
Surxondaryo va Andijon viloyatlarida qalbaki aksiz markali alkogol va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “S.M.” xususiy korxonasi savdo doʻkoni sotuvchisi xaridorga xorijda ishlab chiqarilgan 4 dona aksiz markasiz alkogol va tamaki mahsulotini 4,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Shundan soʻng, mazkur savdo doʻkonidan tegishli hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 150 mln soʻmlik turli nomdagi 335 dona alkogol va 402 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Yana bir shu kabi holat, Departamentning Oltinsoy tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan. Maʼlum qilinishicha, “Sh.T.” MCHJ savdo doʻkonida umumiy bahosi 56,8 mln soʻmlik 455 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 17 turdagi 1 942 quti tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Baliqchi tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “O.” MCHJ rahbari B.A.ning “Markaz” MFY hududidagi savdo doʻkonida 54 turdagi 492 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini savdoga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring