Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari qachon oʻtkazilishi aytildi
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 28, 29, 30-mart (shanba, yakshanba, dushanba) hamda 4, 5, 6, 7aprel (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) kunlari oʻtkazilishi belgilangan.
- 28, 29, 30-mart kunlari biologiya fanidan;
- 4, 5, 7-aprel kunlari tarix fanidan;
- 6-aprel kuni fizika fanidan.
28, 29, 30-mart kunlari biologiya fanidan test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:
1-smena uchun:
- 07:00 dan 08:30 ga qadar.
2-smena uchun:
- 13:00 dan 14:30 ga qadar.
Fizika va tarix fanlari boʻyicha imtihonlarning smenalari hamda binolarga kirish vaqtlari imtihon sanasiga yaqin muddatda qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi. Bundan tashqari, har bir talabgor ushbu maʼlumotlarni oʻz ruxsatnomasidan ham koʻrishi mumkin.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari soʻraladi.
Maʼlumot uchun, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi. Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon oʻtkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga oʻxshash) olib kelmaslik soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring