Bayram munosabati bilan qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi
Ramazon hayiti hamda Navroʻz umumxalq bayrami davrida yoʻlovchilarni oʻz manzillariga xavfsiz yetib borishlarini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha poyezd qatnovlari tashkil etilmoqda. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 19 – 25-mart kunlari aholi talabini qondirish uchun jami 25 000 ta qoʻshimcha yoʻlovchi oʻrini yaratiladi.
Jumladan, qoʻshimcha “Afrosiyob” reyslari:
19 – 21-mart kunlari (6 ta reys)
- Toshkent — Samarqand — Toshkent yoʻnalishida;
19, 20, 21, 22, 23 va 25-mart kunlari
- Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha qatnovlar yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, 19 – 25-mart kunlari quyidagi yoʻlovchi poyezdlarga 4 tadan qoʻshimcha vagonlar ulanadi:
- “Toshkent – Xiva – Toshkent”
- “Toshkent – Shovot – Toshkent”
- “Toshkent – Qoʻngʻirot – Toshkent”
- “Toshkent – Termiz – Toshkent”
- “Toshkent – Buxoro – Toshkent” (Sharq)
Qoʻshimcha ulanadigan vagonlar orqali 21 500 nafar yoʻlovchi tashilishi rejalashtirilgan. Chiptalarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rasmiy sayti, mobil ilovasi hamda temir yoʻl kassalaridan xarid qilishingiz mumkin boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring