Toshkentda 33,5 mlrd soʻmlik noqonuniy “mol” aniqlandi
Foto: DXX
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qoʻmitasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda xorijdan mamlakatimizga katta miqdordagi mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda DXX.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shugʻullanuvchi hamda aholiga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida faoliyat yurituvchi 2 ta MChJ tomonidan ijaraga olingan omborlar xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada, boshqa tovarlar niqobi ostida mamlakatimizga noqonuniy import qilingan, aksiz markasi boʻlmagan “Milano”, “Mond”, “Esse”, “Zumerret” kabi jami 29 nomdagi 1 mln 963 ming 964 quti tamaki mahsulotlari hamda 4 nomdagi 807 kg oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, ushbu mahsulotlarning umumiy bahosi 33,5 mlrd soʻmni tashkil etadi. Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring