Hindiston kompaniyasi Oʻzbekistonda 5G tarmogʻini joriy etishni taklif qildi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev “Tejas Networks” kompaniyasi vitse-prezidenti Rajnish Khullar bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar Oʻzbekistonda ilgʻor telekommunikatsiya yechimlarini joriy etish istiqbollarini muhokama qilgan. Xususan, Rajnish Khullar Hindistondagi yirik loyihalarni amalga oshirish tajribasi, jumladan, “BSNL” davlat operatori uchun milliy 4G tarmogʻini yoyish va 250 mingdan ortiq qishloq aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash borasidagi maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashgan.
Shuningdek, Hindiston tomoni Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirgan. Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari sifatida “Tejas Networks” vitse-prezidenti “Oʻzbektelekom” AK bilan 5G aloqa standartlariga oʻtish, simsiz infratuzilmani rivojlantirish va mamlakatimizning qishloq hududlarini yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash jarayonida oʻzaro hamkorlik qilishni taklif qilgan.
Bundan tashqari, tomonlar Oʻzbekiston hududida zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qilgan. Muloqot davomida ilgʻor telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakali muhandislar tayyorlash masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtilgan.
Maʼlumot uchun, Hindistonning “Tata Group” konglomerati tarkibiga kiruvchi “Tejas Networks” telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi va loyihalovchi yetakchi kompaniyalardan biridir. Kompaniya Hindiston hukumatining “Make in India” dasturida faol ishtirok etib, aloqa operatorlari, internet-provayderlar, mudofaa va davlat sektorlari uchun yuqori texnologik mahsulotlar yetkazib beradi.
“Tejas Networks” telekommunikatsiya sohasidagi patentlar soni boʻyicha Hindistonda yetakchi hisoblanadi. Uning mahsulotlari 75 dan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda.
Raqamli tarmoqlar xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar kuchayib borayotgan bir sharoitda, kompaniya oʻzini “ishonchli yetkazib beruvchi” sifatida namoyon etib, “Nokia”, “Ericsson”, “Huawei” kabi global ishtirokchilar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring