Samarqandga yil yakunigacha 6 mln turist olib kelish maqsadi belgilab olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida Narpay tumanida oʻtkazilayotgan yigʻilishda joriy yilning oʻzida dunyoga mashhur boʻlgan kamida 5 ta sanʼatkorning gastrolini, shuningdek, 10 ta biznes forumi va moda festivalini Samarqandda oʻtkazish muhim ekani taʼkidlandi.
Shu bilan birga, Samarqandni aniq va tabiiy fanlar boʻyicha olimpiada, forum va ilmiy konferensiyalar oʻtkazadigan xabga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar borligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, 2028-yilda Samarqandda oʻtkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressida hozirning oʻzida yuzdan ortiq davlatdan 10 mingga yaqin odam ishtirok etish istagini bildirgan.
Mutasaddilarga mazkur yoʻnalishdagi xalqaro tashkilotlar bilan ishlab, maxsus dastur ishlab chiqish topshirildi.
Bu imkoniyatlar hisobiga Samarqandga yil yakunigacha 6 million turist olib kelish maqsadi belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring