Yaylov yerlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish muddati yana bir yilga uzaytiriladi

17:29 18 Mart 2026 Siyosat
299 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida oʻtayotgan Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilishda Narpay, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi tumanlari, Kattaqoʻrgʻon shahrining viloyat sanoatidagi jami ulushi bor-yoʻgʻi 10 foizni tashkil qilayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Ularda sanoatni rivojlantirish boʻyicha dastur qilinib, 1 trillion 200 milliard soʻm ajratiladi. Bu mablagʻlarning 800 milliard soʻmi sanoat loyihalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlashga, qolgan 400 milliard soʻmi yoʻl, suv, elektr taʼminotini yaxshilash, servis va renovatsiya loyihalariga yoʻnaltiriladi.

Ushbu mablagʻ doirasida Kattaqoʻrgʻon shahridan 40 kilometr masofadagi Ingichka shaharchasiga sanoat va “Yangi Oʻzbekiston” qiyofasi kiradi. Bundan tashqari, Kattaqoʻrgʻon shahri markazidagi Narpay kanalidan oʻtgan, 60-yil oldin qurilgan koʻprik ham rekonstruksiya qilinadi.

Joriy yil Samarqand viloyatiga 500 ta elektrobus olib kelish choralarini koʻrish topshirildi.

Umuman, Narpay, Paxtachi, Payariq, Qoʻshrabot, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahrida sanoat va servisni rivojlantirish, yangicha qiyofa olib kirish vazifasi qoʻyildi.

“Koʻrib turibsizlar, dunyodagi notinchliklar tufayli logistika zanjirlarining uzilishi, neft narxi va transport xarajatining oshishi oziq-ovqat narxlariga taʼsir qilishi tabiiy.

Shu bilan birga, 100 millionga yaqin turist sayohat uchun tinch va xavfsiz mamlakatlarni qidirmoqda.

Bu sharoitda oziq-ovqat mahsulotlarini koʻpaytirish, turizm va servisdagi imkoniyatlarni toʻliq ishga solish hokimlarning asosiy vazifasi boʻlishi kerak”, dedi Prezidentimiz.

Bu boradagi vazifalar belgilab berildi.

Viloyatdagi 250 ming gektar yaylov uzoq yillar foydalanib kelgan chorvadorlarni oʻziga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berildi. Viloyatda yana 52 ming gektar yerdan foydalanayotgan 150 nafar chorvador, 1 ming boshdan naslli qoʻy-echki boqish istagini bildirgan yuzlab tadbirkorlar bor.

Shu bois, yaylov yerlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish muddati yana bir yilga uzaytirilishi belgilandi. Endilikda yaylov ijarasidan tushgan mablagʻ toʻligʻicha yaylov xoʻjaliklarining oʻzida qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?