Narpay tumanida 100 gektarda sanoat zonasi tashkil qilinadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Samarqand viloyatidagi magistral yoʻllarning 34 kilometri Narpaydan oʻtgani savdo va servisni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi. Lekin yoʻl boʻylarida 10-15 ta kichik servis shoxobchasidan boshqa odamlarni jalb qiladigan birorta joy yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, Mirbozor chorrahasidan kuniga 60 ming transport oʻtadi. Lekin bu yerdagi yoʻl tor boʻlgani uchun 2 kilometrgacha tirbandlik yuzaga kelmoqda.
Qurilish uchun xomashyo zaxiralarining toʻrtdan biri Narpayda joylashgan boʻlsa-da, qurilish materiali boʻyicha birorta yirik korxona yoʻqligi qayd etildi.
Tuman sanoatining viloyatdagi ulushi 2 foiz. Hududidan 36 kilometr temir yoʻl oʻtgan, 21 gektarli kichik sanoat zonalari boʻlgan tumanga bu koʻrsatkichlar yarashmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Samarqanddagi suvli yerlarning qariyb 10 foizi ushbu tumanga toʻgʻri keladi. Biroq Narpay viloyatdagi qishloq xoʻjaligining 5 foizini ham bermaydi. Tuman mutasaddilariga shu va boshqa muammoli masalalarni hal qilish yoʻllari koʻrsatib berildi.
Narpay tumanida 100 gektarda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil qilinishi eʼlon qilindi. U yerda joriy yilning oʻzida 300 million dollarlik loyihalar boshlanadi.
Mutasaddilarga sunʼiy intellekt yordamida har bir mahalla imkoniyatini “diagnostika” qilish, “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, tumanni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, daromadni koʻpaytirish boʻyicha Narpay tajribasini yaratish topshirildi.
Shuningdek, Narpay qulupnaychilik maktabi tashkil etilib, tumandagi 25 ta mahalla qulupnaychilikka ixtisoslashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring