Samarqand viloyati rahbariyati oldiga 100 ming aholini doimiy ishli qilish vazifasi qoʻyildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida Narpay tumanida oʻtkazilayotgan yigʻilishda Samarqand viloyati uchun ajratilayotgan mablagʻlarning barchasi tumanlarda ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, pirovardida viloyat iqtisodiyotini oʻstirishga xizmat qilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Oʻtgan yili sunʼiy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollar, ushbu sohadagi startap loyihalari uchun yana 100 million dollar berildi. Bu katta hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish orqali hududlarni rivojlantirish boʻyicha eng toʻgʻri yechimlarni topish uchun yangi imkoniyat ekani taʼkidlandi.
Shularni hisobga olib, tumanlarning sanoat, servis, qishloq xoʻjaligi koʻrsatkichlari, yer osti va yer usti zaxiralari, mehnat resursi, aholining biznes va kasbiy koʻnikmasini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish, mahallalarning imkoniyatlari asosida tumanni rivojlantirishning ichki modelini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Ushbu tahlillar asosida tuman hokimi, “mahalla yettiligi”, mahalla bankirlari resurslarni eng koʻp ish oʻrni yaratadigan va byudjetga tushumni koʻpaytiradigan loyihalarga yoʻnaltiradi. Bu tizim 1-mayga qadar Narpay va Termiz tumanlarida boshlanib, butun respublika uchun namuna qilinadi.
Samarqand viloyati rahbariyati oldida kamida 9 foizli iqtisodiy oʻsish qilib, yalpi hududiy mahsulotni 144 trillion soʻmdan oshirish, 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 1,2 milliard dollarga olib chiqish vazifasi turgani qayd etildi. Shuningdek, 100 ming aholini doimiy ishli qilish, 31 ming oilani kambagʻallikdan chiqarib, viloyatni ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylantirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, Narpay tumanida 240 mingdan ziyod aholi yashaydi. Ishsizlik 4,9 foizni, kambagʻallik darajasi esa 5 foizni tashkil qilmoqda. Narpay sanoat boʻyicha viloyatda 9-oʻrinda, qishloq xoʻjaligi va servis sohasida 11-oʻrinda turadi.
Bu koʻrsatkichlarni yaxshilash uchun Narpayga reja qilingan 150 milliard soʻmga qoʻshimcha yana 100 milliard soʻm beriladi. Kichik va oʻrta biznes uchun 360 milliard soʻm resurs ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring