Prezident raisligida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish boshlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Narpay tumanida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish boshlandi.
Soʻzining avvalida davlatimiz rahbari yigʻilganlarni kirib kelayotgan muborak Ramazon hayiti hamda qutlugʻ ayyom – Navroʻzi olam bilan chin yurakdan tabrikladi.
Samarqandga oxirgi tashrifdan soʻng oʻtgan toʻrt oy ichida mamlakatimiz hayotida katta oʻzgarishlar roʻy bergani taʼkidlandi.
Shu haftaning oʻzida Olmaliq shahrida 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi, poytaxtimizda nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning maʼnaviy xazinasi boʻlgan Islom sivilizatsiyasi markazi ochildi.
Ertaga Payariq tumanida buyuk hadisshunos ajdodimiz Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining ochilish marosimi oʻtkaziladi.
“Aminmanki, bu muazzam ziyoratgoh xalqimiz bilan bir qatorda millionlab xorijiy turistlar tashrif buyuradigan tabarruk maskanga aylanadi”, dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring